Главная » 2020 » Октябрь » 15 » Endi faqat davlat granti kvotalari belgilanadi
19:10

Endi faqat davlat granti kvotalari belgilanadi


2021-2022 o‘quv yilidan faqat davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar:

•    oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini belgilash;

•    to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash. Bunda, to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi lozim;

•    iqtidorli talabalarni nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida ham davlat granti asosida o‘qitish;

•    alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim sohalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovlari topshirish tartibini joriy qilish bo‘yicha Hukumatga asoslantirilgan takliflarni kiritadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: belgilanadi, davlat granti, kvotalari | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя