Главная » 2020 » Февраль » 22 » Endi oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashda sport ham hisobga olinadi
20:44

Endi oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashda sport ham hisobga olinadi


Hukumat qarori (106-son, 20.02.2020 y.) bilan yuqori mehnat samaradorligiga erishayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini munosib rag‘batlantirishni tashkil etish maqsadida bir qator qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

Ta’lim muassasalarining quyidagi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi:

  • tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
  • viloyat miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
  • xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining 1, 2 va 3-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

Shuningdek, endilikda OTMlar reytingini aniqlashda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat ham mezon sifatida hisobga olinadi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя