Главная » 2020 » Октябрь » 3 » Endi tibbiyot xodimlariga “staj”iga qarab ustama to‘lanadi
13:19

Endi tibbiyot xodimlariga “staj”iga qarab ustama to‘lanadi


Endilikda sog‘liqni saqlash xodimlariga ko‘p yillik mehnati uchun ustama to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda;

hududiy tibbiyot muassasalari rahbarlari esa sog‘liqni saqlash vaziri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.

2020 yil 1 noyabrdan Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):

•    1 yildan 3 yilgacha – 0,3;
•    3 yildan 5 yilgacha – 0,6;
•    5 yildan 10 yilgacha – 0,8;
•    10 yildan 15 yilgacha – 1;
•    15 yildan 20 yilgacha – 1,2;
•    20 yildan yuqori – 1,5.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qarab, stajiga, tibbiyot xodimlariga, endi, ustama to‘lanadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя