Главная » 2021 » Март » 3 » Endi Tik Tok ba’zi videolarni qo‘yishni cheklaydi
18:54

Endi Tik Tok ba’zi videolarni qo‘yishni cheklaydi


TikTok ijtimoiy tarmog‘i o‘z joniga qasd qilish yoki o‘ziga zarar yetkazish bilan bog‘liq kontentni olib tashlaydi. Bu haqda kompaniya bayonotiga asoslanib xabar berilgan. 

"Biz o‘z joniga qasd qilishga yoki o‘ziga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni tasvirlovchi, targ‘ib qiluvchi kontent joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Jamiyat ko‘rsatmalariga zid bo‘lgan kontentni olib tashlaymiz va foydalanuvchilarning xavfli chaqiriqlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli hashtaglarni bloklaymiz", deyilgan kompaniya xabarida. 

Xabarlarga ko‘ra, joriy yilning 24 fevral kuni TikTok ijtimoiy tarmog‘ida o‘spirinlarni o‘z joniga qasd qilishga chaqiruvchi videolar tarqalishni boshlagan. 

25 fevral kunining o‘zida TikTok'ga joylashtirilgan ommaviy o‘z joniga qasd qilishga chaqiruvchi video 432 ming martadan ortiq ko‘rilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: cheklaydi, videolarni, Tik Tok | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя