Главная » 2020 » Август » 18 » Eng bozori chaqqon smartfon nomi ma’lum bo‘ldi
10:13

Eng bozori chaqqon smartfon nomi ma’lum bo‘ldi


«Apple» kompaniyasi 2-chorak moliyaviy natijalarini ma’lum qilarkan, «iPhone 11» Xitoyda eng yaxshi sotilgan smartfon bo‘lganini ta’kidlagandi. Endi ushbu ma’lumotlarni «Counterpoint» ekspertlari ham tasdiqlashdi: «iPhone 11» nafaqat Xitoy, balki dunyoning boshqa yirik bozorlari ham yetakchisi ekan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 2020-yil 2-choragida «Apple» smartfoni ko‘p sotilish bobida Xitoyda «Oppo A8», «Honor 9X», «Vivo Y3» hamda «Huawei Mate 30 5G»ni ortda qoldirib, «kuchli beshlik» yetakchisiga aylandi. Holbuki, bulardan faqat «iPhone 11» va «Huawei Mate 30» premium-segmentga mansub, qolganlari arzon smartfonlar, ta’kidlaydi «Gizchina».

O‘tgan yilgi «ayfon» («iPhone 11»), qolaversa, AQSh (bozorning 16 foizi), Germaniya (11 foiz), Buyuk Britaniya (12 foiz) va Yaponiya (19 foiz)da eng ko‘p sotilgan smartfon. Umuman olganda, «ayfon» ishqibozlari Buyuk Britaniya (yetakchi to‘rtlik — «iPhone 11», «iPhone Xr», «iPhone SE» va «iPhone 7») hamda Yaponiya (yetakchi uchlik — «iPhone 11», «iPhone 11 Pro» va «iPhone 7»)da juda ko‘p.

Ammo bu yirik bozorlarni faqat «ayfonlar» egallab olganini anglatmaydi. Masalan, Fransiyada kichik ustunlik (8 foiz) «Samsung Galaxy A51» tomonida(«iPhone 11» ulushi 7 foiz), Hindistonda yetakchi beshlikda «Redmi»lar hukmron, Janubiy Koreyada esa «Samsung» peshqadam.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bozori chaqqon, eng, smartfon, nomi ma’lum bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя