Главная » 2020 » Август » 18 » Eng foydali mevaning ham zararini topishdi
21:07

Eng foydali mevaning ham zararini topishdi


O‘rtacha kattalikdagi bitta olma bir santimetr qalinlikdagi non (buxanka) kuchini beradi. Shu boisdan ham bu mevani haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish semirishga moyil, qandli diabetga chalingan insonlarga mumkin emas. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

Qolganlarga esa nafaqat mumkin, balki foydali: kuniga ikki-uchta olmani ovqatdan so‘ng yeb turish kislorod ochligini bartaraf etib, yurak-qon tomir xastaligi bor insonlarning muammolarini aritadi, deyishmoqda diyetolog va endokrinologlar.

«Olmaning eng katta afzalligi shundaki, u o‘zida temir moddasi yig‘ish bo‘yicha mutlaq chempion. Temir esa qon hosil bo‘lishi, a’zolarimiz va hujayralarimizni kislorod bilan ta’minlovchi va to‘yintiruvchi qizil qon tanachalari — eritrotsitlar miqdori yetarli darajada bo‘lishi uchun zarur», — deydi vrach-endokrinolog, tibbiyot fanlari nomzodi Zalina Gusova.

Olmaning po‘stlog‘idagi fitokimyoviy moddalar yallig‘lanishlarda shifo bo‘ladi. Qolaversa undagi pektin ovqat hazm bo‘lishini osonlashtiradi.

Bu meva tarkibidagi mikroelementlar va vitaminlar inson terisi, tirnoqlari va sochlari salomatligi uchun koni foyda.

«Olma danagi tarkibida juda ko‘p miqdorda yod bor. Shu bilan birga sinil kislotasi ham. Shu bois ham kuniga uch-to‘rttadan ortiq olma danagi organizmga tushishiga aslo yo‘l qo‘ymang», — ta’kidlaydi mutaxassis.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: eng, mevaning, foydali, zararini topishdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя