Главная » 2020 » Июль » 5 » Eng foydali smartonlar nomi e’lon qilindi
09:09

Eng foydali smartonlar nomi e’lon qilindi


SellCall kompaniyasi ikki yil ichida narxi boshqa modellarga qaraganda juda kam arzonlashgan flagman smartfonlari reytingini tuzib chiqdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

SellCall smartfonlar savdosi bilan shug‘ullanadi. Kompaniya 2018-yili turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan flagmanlarni 2 yildan so‘ng qanchaga sotish mumkinligini taqqoslab ko‘rdi. Bu qaysi brend narxi kamroq miqdorda arzonlashishini bilishga yordam beradi.

Kompaniya tadqiqot uchun modellarning savdolar boshlangandagi rasmiy narxi bilan hozirda ikkilamchi bozordagi narxini taqqoslagan. Bundan Apple, Samsung, Google, Sony va LG modellaridan foydalanilgan.

Taqqoslash natijalariga ko‘ra, eng foydali smartfon iPhone XR bo‘lib chiqqan — oradan ikki yil o‘tgan bo‘lsa-da, uni boshlang‘ich narxida 53 foiz arzonga sotish mumkin. Pul tikish mumkin bo‘lgan eng yomon smartfon deya LG modellari tan olingan — G7 ThinQ flagmanini hatto 100 dollarga ham sotishning imkoni yo‘q.

Ishlab chiqaruvchilar bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, yana Apple yetakchilik qilmoqda — kompaniya smartfonlari o‘rtacha 60 foizga arzonlashgan, qolgan ishlab chiqaruvchilarda esa ushbu ko‘rsatkich kamida 70 foizga teng.

Avvalroq dunyodagi eng kuchli Android-smartfonlar nomi e’lon qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: smartonlar, nomi e’lon qilindi, eng foydali | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя