Главная » 2021 » Май » 29 » Eng «kashanda» mamlakatlar aniqlandi: Jahonda tamaki chekish so‘nggi 30 yilda qanday o‘zgardi?
21:08

Eng «kashanda» mamlakatlar aniqlandi: Jahonda tamaki chekish so‘nggi 30 yilda qanday o‘zgardi?


Xalqaro tamakisiz kun arafasida 1990-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan oraliq — 30 yil davomida tamaki iste’moli bo‘yicha global sharh e’lon qilindi. Bu haqda «The Lancet» tibbiyot jurnali saytida batafsil tanishish mumkin.

Sharhda jahonning 204 mamlakatida tamaki chekish va iste’moli borasidagi statistika batafsil keltirilgan.

Eng «kashanda» 10 mamlakat:

  • Xitoy
  • Hindiston
  • Indoneziya
  • AQSh
  • Rossiya
  • Bangladesh
  • Yaponiya
  • Turkiya
  • Vetnam
  • Filippin.

Dunyodagi har uchinchi kashanda Xitoyda yashaydi.

Chekuvchilar soni oshmoqda

Statistikaga ko‘ra, chekuvchilar soni, umuman olganda, global miqyosda o‘sib boryapti va 2019-yilda 1,1 milliard kishiga yetdi. Chekish 7,7 millionta o‘limga sabab bo‘lgan, erkaklar orasida har beshinchi o‘lim bevosita tamaki bilan bog‘liq. Olimlarga ko‘ra, zararli illatga qarshi kurashish uchun mamlakatlar turli choralarni qo‘llashlari, jumladan, tamaki mahsulotlari uchun soliqlarni oshirishlari shart.

Sigaret va yoshlar

15–24 yoshlilar orasida kashandalar soni ko‘payib boryapti. Dunyo mamlakatlarining katta yarmida yoshlar orasida chekishga qarshi kurashishda jiddiy siljish kuzatilmayapti.

Global sharhga ko‘ra, bugungi kunda har beshinchi yigit, har yigirmanchi yosh ayol tamaki chekuvchi hisoblanadi, doimiy kashandalarning har o‘ntadan to‘qqiztasi bu zararli odatni 25 yoshigacha orttirgan.

Kashandalar qancha umr ko‘radi?

Tadqiqotlar kashandalar umrida chekmagan kishilarga nisbatan o‘n yil kam yashashini ko‘rsatmoqda. Har ikkinchi kashanda bevosita chekish bilan bog‘liq asoratlar oqibatida vafot etgan, deyiladi sharhda. Bu o‘limlarning 87 foizi umrining oxirigacha chekishni davom ettirganlar bilan sodir bo‘lgan, 6 foizi — kamida 15 yil ilgari tamaki chekishni tashlaganlar orasida kuzatilgan. Olimlarga ko‘ra, tamaki chekishdan qancha tez voz kechilsa, odamning uzoqroq umr ko‘rish imkoniyati oshadi.


Manba: "xabar.uz"
| Теги: chekish, Jahonda, tamaki, kashanda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя