Главная » 2016 » Ноябрь » 22 » Eng muammoli smartfonlar nomi ma’lum qilindi
08:42

Eng muammoli smartfonlar nomi ma’lum qilindi


Blannco Technology Group tahlil guruhi smartfon va planshetlarning xizmat ko‘rsatishiga doir tadqiqotlar natijasi bo‘yicha hisobot berdi.

Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, Android-gadjetlarga nisbatan, iPhone qurilmalarda muammolar ko‘p bo‘lar ekan. Quyida aksilreyting yetakchilari bilan tanishing:

Mutaxassislar dasturiy ta’minotdagi uzilishlar, masalan, kutilmaganda qotib qolishi yoki ilovalarning besabab yopilishi, shuningdek qurilmadagi nosozliklar - signalning yo‘qolishi, kuchli qizib ketishi va boshqalarni  hisobga olishdi. 2016 yilning III chorak yakunlariga ko‘ra, ular iOS- va Android-gadjetlarda yuzaga keladigan muammolarni taqqoslashdi. 

Apple mahsulotlarining 62 foizida uzilishlar aniqlangan, Android-gadjetlarda esa bu ko‘rsatkich 47 foizni tashkil qilgan. iOS-qurilmalar orasida eng ko‘p muammolar iPhone 6'da kuzatilgan, aksilreytingning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini iPhone 5S hamda iPhone 6S smartfonlari bo‘lishib olishdi. iPhone 7 va 7 Plus kechroq ishlab chiqarilgani tufayli reytingga kiritilmadi. iPhone 4S esa eng barqaror qurilmalardan biri bo‘lib chiqdi - bu model bilan bog‘liq muammolar atigi 2 foizni tashkil qilgan. 

Gadjetlar orasida eng muammoli qurilma sifatida LeEco Le2 tan olindi. 

Ikkinchi o‘rinda - Xiaomi'ning ikki smartfoni - Redmi 3S va Redmi Note 3 . Samsung Galaxy S7 edge flagmani to‘rtinchi o‘rinda. 

Shuningdek tadqiqotchilar uzilishlar tabiatiga ko‘ra va eng muammoli ilovalar reytingini tuzib chiqishdi. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mobile Telefonga | | Теги: telefon, smartfon, Eng muammoli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя