Главная » 2020 » Октябрь » 3 » Eng xavfli qon guruhi aniqlandi
17:17

Eng xavfli qon guruhi aniqlandi


Yapon olimlari tomonidan yangi tadqiqot amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari haqida "Change" portali xabar berdi.

Unga ko‘ra, yaponiyalik mutaxassislar qon guruhlari ichida birinchi qon guruhi eng xavfli degan xulosaga kelishgan. Olimlar xulosasiga ko‘ra, aynan shu qon guruhi egalari og‘ir jarohat olgan taqdirda o‘lim xavfi deyarli uch baravarga ko‘payadi.

Gap shundaki, olimlarning ta’kidlashicha, birinchi guruhdagi qon plazmasida oz miqdorda Villebrand omili (qon plazmasidagi glikoprotein) mavjud. Ushbu omil jarohat olganda kuchli qon yo‘qotish xavfini keltirib chiqaradi. Bu esa jiddiy oqibatlarga va hattoki o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, birinchi qon guruhi egalari universal donor hisoblanishadi. Lekin o‘zlari faqatgina birinchi qon guruhini donor sifatida qabul qilishadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: aniqlandi, Qon guruhi, eng xavfli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя