Главная » 2020 » Апрель » 23 » Eng yaqin do‘stining videoqo‘ng‘irog‘i koronavirusga chalingan odam hayotini saqlab qoldi
12:42

Eng yaqin do‘stining videoqo‘ng‘irog‘i koronavirusga chalingan odam hayotini saqlab qoldi


Angliyaning Liverpul shahrida yashovchi odam «FaceTime» orqali do‘sti bilan videomuloqotda bo‘ladi. Uning rang-ro‘yidan ahvoli og‘irlashganini tushunadi. «Tez yordam» chaqirib, uning hayotini saqlab qoladi. Bu haqda «Liverpool Echo» nashri xabar berdi.

57 yoshli Derek Kempbell yolg‘iz o‘zi kvartirasida izolyasiyada bo‘lgan. Ikkinchi haftaning oxirida britaniyalik yo‘tala boshlagan. Qarindoshlariga quloq og‘rig‘idan shikoyat qilgan. Kempbell yagona shoshilinch xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Biroq nafas olishga qiynala boshlagunga qadar uyda davolanishni aytishgan.

Kempbellning o‘sha paytda Avstraliyada bo‘lgan qizi Samanta otasiga tinmay qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘rab turgan. Bu vaqtga kelib otasining tana harorati ko‘tarilgan, hid bilish qobiliyati yo‘qolgan, gallyusinatsiya boshlanganiga qaramay, qiziga «o‘zimni yaxshi his qilyapman», deb aldagan. Biroq bir necha kundan beri ovqatlanmaganidan madorsizlanib qolgandi. Yig‘ishtirilmagan kvartirasi esa «qo‘rqinchli film sahnalarini» eslatardi.

Eng yaqin do‘sti Terri Jonson ham Kempbellning salomatligidan qayg‘urib, «FaceTime» orqali videomuloqotda bo‘lishga ahd qiladi. Terri do‘stining ahvolini ko‘rgan zahoti «Tez yordam» chaqiradi.

«Uning yuzi murdanikiga o‘xshab qolgandi», — deb eslaydi Jonson.

Kempbellga yangi tipdagi koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizildi. Britaniyalikning ahvoli shu darajada yomonlashib ketganidan besh kun sun’iy koma holatida bo‘lgan. Shifokorlar uning hayoti uchun uch hafta kurashdi. Ko‘plab asoratlarga qaramay bemor sog‘ayib ketdi. Uni shifoxonadan chiqarishdi. Endi unga yaqinlari g‘amxo‘rlik qilishmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusga chalingan, saqlab qoldi, Eng yaqin do‘stining, hayotini, odam | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя