Главная » 2020 » Май » 2 » Epidemiolog koronavirusning yashirin quroli haqida to‘xtalib o‘tdi
23:06

Epidemiolog koronavirusning yashirin quroli haqida to‘xtalib o‘tdi


N.F.Gamaleya nomli epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg koronavirusning alomatsiz turi va uning asosiy xavflaridan birini izohlab berdi.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, virusning «makkorligi» shundaki, COVID-19 tashuvchisida ikki hafta davomida hech qanday alomat yuzaga chiqmasligi mumkin.

«Shu bois shuncha vaqt davomida koronavirusni yuqtirgan odam kasallik alomatlarisiz yashirin xavf-xatar hisoblanishi va u atrofdagilar uchun kasallikni yuqtirish manbaiga aylanishi mumkin», — dedi Ginsburg «REN TV» telekanaliga bergan intervyusida.

Epidemiolog kasallik tashuvchilarini vaqtida aniqlash va ularni izolyasiya qilish nihoyatda muhimligini ta’kidladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yashirin quroli, to‘xtalib o‘tdi, Epidemiolog, koronavirusning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя