Главная » 2020 » Май » 18 » Epidemiologik vaziyat jiddiy bo‘lgan Samarqandda 21 kishi tuzaldi
15:04

Epidemiologik vaziyat jiddiy bo‘lgan Samarqandda 21 kishi tuzaldi


Samarqand viloyatida navbatdagi 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Tuzalganlarning 20 nafari Samarqand viloyatidan (5 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, Payariq, Samarqand, Pastdorg‘om va Ishtixon tumanlaridan 2 nafardan), qolgan 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidan. Barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 10 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi esa 8 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 154 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 175 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2275 nafarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq Samarqanddagi virus o‘choqlari haqida xabar berilgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jiddiy, vaziyat, Samarqandda, tuzaldi, Epidemiologik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя