Главная » 2018 » Апрель » 12 » Er o‘z xotinini dahshatli tarzda o‘ldirdi
20:57

Er o‘z xotinini dahshatli tarzda o‘ldirdi


2018 yilning 28 mart kuni bedarak yo‘qolib qidiruvda bo‘lgan 26 yoshli Sh.Sulaymonovaning jasadi 5 aprel kuni soat 15:40 larda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Haqiqat” MFYdan oqib o‘tuvchi “Markaziy Mirzacho‘l” zovuridan topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jasad bel qismiga arqon bilan beton bo‘lagi bog‘langan holda topilgan. Taxminimizcha u jinoyat qurboni bo‘lgan va jasadi suv yuziga qalqib chiqmasligi uchun bir necha kgni tashkil etuvchi beton arqon yordamida beliga bog‘langan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhumaning turmush o‘rtog‘i, Mirzaobod tumani “Xaqiqat” MFY Baxt ko‘chasi 5/2-uyda yashovchi, 29 yoshli B.Qashanov sodir etganligi aniqlangan. Hozirda B.Qashanov qo‘lga olingan.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xotin, er, tarzda, o‘z, o‘ldirdi, dahshatli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя