Главная » 2020 » Июнь » 26 » Er o‘z xotinini koronavirusga chalingani uchun beshinchi qavatdan pastga uloqtirdi
20:16

Er o‘z xotinini koronavirusga chalingani uchun beshinchi qavatdan pastga uloqtirdi


Misrda er o‘z xotinini koronavirusga chalingani uchun beshinchi qavatdagi uyidan yerga uloqtirdi. Ammo, 25 yoshli ayol tirik qolgan. Qo‘shnilari ayolni shifoxonaga olib borgan va u jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

Polisiya bu jinoyatni amalga oshirgan erni hibsga olgan va surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Erkakning aytishicha,u ayoli bilan doimiy ravishda janjallashib kelgan. Ayol virusni yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgach esa er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlar yanada avj olgan.

“Men koronavirusni yuqtirib olishdan qo‘rqdim. Ayolim uch marta test topshirdi va ularning hammasida virusni yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun men undan uyni tark etish so‘radim. Lekin ayolim ketmadi va men uni tashqariga itarib yubordim”, degan erkak polisiyaga bergan ko‘rsatmasida.

Hozirda sud ayol to‘liq ko‘rsatma berishi uchun uning tuzalib karantindan chiqishini kutmoqda.

Qohiradagi “Ain Shams” universiteti shifoxonasi jarrohi doktor Ali Mazyadning aytishicha,ayol koronavirusga chalingani uchun maxsus xonaga joylashtirilgan bo‘lib, hozirda u reanimasiyada va uning to‘liq tuzalishi uchun bir necha oylar kerak bo‘ladi.

Bu voqea koronavirus sabab joriy qilingan karantin davrida nafaqat Misrdagi,balki butun dunyodagi oilalarda kelishmovchiliklar kelib chiqayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.

“Hozirda hech qaysi istirohat bog‘lari va ko‘ngilochar joylar ishlamayapti. Natijada, oila a’zolarining hammasi uzoq vaqt davomida bir joyda qolishga majbur bo‘lishmoqda. Biz hammamiz bir kemadamiz va noma’lum dushman bilan kurashmoqdamiz. Shuning uchun biz hozirgi vaziyatda bahamjihatlikda yashashimiz kerak”, deydi psixolog Nermin Gid. Uning so‘zlariga ko‘ra,maktablarning yopiqligi, yolg‘izlik, iqtisodiy muammolar va zerikish ham oiladagi kelishmovchiliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pastga uloqtirdi, koronavirusga chalingani uchun, er, beshinchi qavatdan, o‘z xotinini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя