Главная » 2021 » Июнь » 5 » Er-xotin bir yilda 20 nafar farzandni dunyoga keltirishdi
23:18

Er-xotin bir yilda 20 nafar farzandni dunyoga keltirishdi


Er-xotin bir yil ichida surrogat onalar yordamida 20 nafar farzandni dunyoga keltirishdi, yozmoqda «Mirror» gazetasi. Bolalarga qarash uchun yollangan 16 nafar enaganing o‘ziga yiliga 67,7 ming funt sterling sarflashmoqda.

Rossiyalik 23 yoshli Kristina O‘zturk 57 yoshli bo‘lg‘usi eri — millioner Galip O‘zturk bilan Gruziyaga sayohati davomida tanishgan. Xabarda aytilishicha, turk tadbirkori o‘z vatanida bir umrga qamoqqa hukm qilinganidan so‘ng bu yerga qochib kelgan ekan...

Ular turmush qurishdi, keyin katta oila haqidagi qarashlari mos keldi... Katta pul sarflab, surrogat onalar yordamida 20 nafar bolani dunyoga keltirishdi. Aytilishicha, go‘daklarning eng kattasi — 14 oylik, eng kichigi — 4 oylik.

Ammo er-xotinning oldingi turmushidan ham farzandlari bor ekan. Kristinaning olti yashar qizi bor, Galipning Turkiyada qolib ketgan oilasida esa naq to‘qqiz nafar farzandi bo‘lgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: farzandni, keltirishdi, dunyoga, Er-xotin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя