Главная » 2021 » Март » 29 » Er-xotindan pul talab qilgan 9-sinfda o‘qiydigan «shantajchi» qiz qo‘lga olindi
23:06

Er-xotindan pul talab qilgan 9-sinfda o‘qiydigan «shantajchi» qiz qo‘lga olindi


O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2021-yil 25-mart kuni Toshkent viloyati Bekobod shahar IIB boshlig‘i nomiga fuqaro 36 yoshli Muhammadorif G. ariza bilan murojaat qilgan. U turmush o‘rtog‘ining muqaddam foydalangan abonent raqamidan noma’lum ayol qo‘ng‘iroq qilib, turmush o‘rtog‘i Shahlo V. bilan unga tegishli sir saqlanishi lozim bo‘lgan o‘zaro surat va videoyozuvlarni internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 5.000.000 so‘m pul berishini talab qilayotganligini ma’lum qilgan. Bekobod shahar 14-dahasi hududidagi «Ziyoda» to‘yxonasi yaqinida taksi haydovchisi orqali berib yuborilgan 500 AQSh dollarni noma’lum ayol tovlamachilik yo‘li bilan olayotganida IIB xodimlari tomonidan ushlanib, undan 500 AQSh dollar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 9-sinf o‘quvchisi 15 yoshli Marjona X. sodir etganligi aniqlanib, u Shahlo V.ga tegishli bo‘lgan abonent raqamni sotib olib, ushbu raqamga «Telegram messenger» ochib, eski xotiralarni tiklashi natijasida o‘zga shaxslarning foto va videosuratlarini qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan Marjona X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Er-xotin, shantajchi, Qiz, 9-sinfda, Pul | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя