Главная » 2017 » Декабрь » 9 » ER YoQTIRGAN AYoL
09:54

ER YoQTIRGAN AYoL


Nahotki erim boshqa ayol bilan…
Hoy, dadasi, siz ham mundoq ayollarning erlariga o`xshab, menga ishxonangizdagi yangiliklardan gapirib bering?
Shu xonadonga kelganingdan buyon mening ishlarim bilan qiziqadigan odating yo`q edi. Bugun dabdurustdan so`rab qolganingni qara. To`g`risi, odamga g`alati tuyularkan. Mayli, shu bilan ko`ngling to`ladigan bo`lsa, ertadan-kechgacha qanday yumushlar bilan band bo`lganimni bemalol sanab berishim mumkin: soat to`qqizlar atrofida ishxonaga kirib bordim, so`ng boshliqning qabulida bo`ldim…
Bo`ldi qiling-e! Nima, men sizga tergovchimidim daqiqama-daqiqa hisobot oladigan? Ochig`ini aytsam, ko`nglim nimadandir g`ash. Shu sabab siz bilan suhbatlashib, o`zimni chalg`itmoqchi bo`lgandim.
Onasi, rangingda ham rang qolmabdi. Qattiq charchaganga o`xshaysan. Mundoq o`zingni sog`lig`ingni ham o`ylagin-da. Shu kunlarda ishlarim juda tiqilinch bo`lib turibdi. Yo`qsa, o`zim qo`lingdan etaklab shifokorning huzuriga olib borgan bo`lardim.
Xechqisi yo`q, xavotir olmang, sog`ligim joyida, – dedi-da, chiqib ketdi.
Voy, dugonajon, yo`qlar kuning ham bor ekan-ku, esdan chiqarib yuborgan deb yurardim, – Lobar Nazirani quchoq ochgancha qarshi oldi.
Ha endi, o`zing so`rab bormasang-da sog`inganimdan kechasi tushimga kirib chiqqanding, kelaverdim.
Mana ikki oy oldin bitttasi ko`zimga tuzukroq ko`rinib, turmush qurgandim, uying qurg`ur qip-qizil muttaham, borib turgan aroqxo`r ekan. Kunu tun topganimni eb-ichib yotgani etmagandek qovoq tumshug`i osilib janjal qilishini ko`rganingda, dod deb yuborgan bo`larding. Yaxshiyamki, obro`yimning borida qosh ko`zim ko`karmay, tinchgina ajrashib qutuldim…
Fe`lingni bolaligingdan bilaman. Sog`inib, dugonamni ko`rgani keldim deganingga meni ishonadi deb o`ylamay qo`yaqol. Telefonda ovozingni eshitganimdanoq, eshikdan ko`ringanindayoq biron narsa bo`lganini sezgandim. Hayotingda qandaydir noxushlik ro`y bergan. Ochig`ini aytaver. Men senga hasratlarimni bejiz dasturxon qilmadim.
Muncha «erimlab» gapni chaynaysan? Nima, ering o`lib qoldimi? Mundoq odamga o`xshab tushuntir. — Jahli chiqqan Lobar dugonasini ichkariga etakladi: – Shoshmasdan bir boshdan gapir-chi?
Tavba, ko`ngil sovigan emish. O`ylab-o`ylab aytgan gapini! Hademay o`g`il uylab, qiz chiqarmoqchi bo`lib turibsan-ku! Birov gapingni eshitib, nima deydi? Ahmoqsan.
To`xta buni qanday bilib qolding? Ushlab oldingmi?
Kostyumining cho`ntagidan ayollar bezakdonini topib oldim. Shunga shubha-gumonlar o`tida qovurilib yuribman.
Xo`sh, topib olgan bo`lsang nima bo`pti? Bu qaerdan kelib qolganini eringdan so`raganingda javobini olarding, – Lobar bir dam o`ylanib qoldi. – Maslahatim bunday: bezakdonni joyiga qo`yib, eringni kuzat. Qo`liga olib ko`chaga chiqqanida bilginki, xiyonat ko`chasiga kirgan. Faqat podadan oldin chang chiqarib o`tirma…
Ha, jazmaningiz uyiga kiritmadimi? Gullarga ketgan pulga ichingiz achib to`g`ri uyga olib kelaveribsiz-da? – degancha yig`lab yubordi.
Nimalar deb valdirayapsan, Nazira? Ishxonada ushlanib qoldim. Nahotki, unutgan bo`lsang, bugun turmush qurganimizga roppa-rosa o`n sakkiz yil to`ldi, tabriklayman!.. – deb guldastani tutqazdi va ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmay hayratlanib turgan xotiniga: — Hali bu hammasi emas, — deganicha ichkaridan ayollar bezakdonini olib chiqib, tutqazdi. — Baxtimizga hamisha omon bo`lgin, onasi.
Nazira xayoliga kelgan fikrdan o`zi seskanib ketdi. Asabiylashgancha u yoqdan bu yoqqa yurarkan, ko`ngliga ne o`ylar kelmadi: «Men ahmoq o`n sakkiz yildan beri unga o`zimga ishongandek ishonardim-a?! Eshitganlar nima deydi? Qarindosh-urug`larning ko`ziga qanday qarayman?!»

To`satdan qimmatbaho bezakdon esiga tushdi-yu, uning «egasi» kimligiga qiziqa boshladi: «Kim ekan o`sha ayol? Harqalay menga qaraganda yosh va chiroyli bo`lsa kerak-da. Bo`lmasa shundoq mo`minqobil er uning tuzog`iga ilinib o`tirarmidi? – beixtiyor o`sha ayolga nisbatan yuragidan nafrat va hasad alangalandi. — Noinsof! Ko`ra-bila turib oilali erkakning boshini aylantirib yurasanmi?!»

Nazira erining cho`ntagiga huda-behuda qo`l suqadigan odati yo`q edi. Ammo bugun kiyim javonini tartibga solayotib, erining faqat bayramlardagina kiyadigan kostyumi cho`ntagi do`ppayib turganiga ko`zi tushdi. Qiziqish ustun kelib, qo`l tiqdi-yu, ayollar bezakdonini topdi.

Kechqurun eri ishdan kelib, bolalar bilan birga ovqatlanib o`tirishganlarida ham Naziraning ko`nglini g`ashlik tark etmadi. Anvarning o`ziga sezdirmay, gumonning tasdig`ini izladi. Kundalik odatiga ko`ra gazeta varaqlab, televizor ko`rishga tutingan eridan gap olish maqsadida og`iz juftladi:

Anvar xotinining gaplaridan taajjubga tushib, go`yo uni birinchi marta ko`rayotgandek uzoq tikildi. Nazira esa o`ng`aysizlangan bo`lsa-da, sir boy bermadi.

Naziraning asablari dosh berolmadi.

Eri «nahotki shu so`zlarni uyda bor yoki yo`qligim parvoyiga ham kelmaydigan xotinim so`zlayotgan bo`lsa?!» degandek uning ko`zlariga tikildi. Naziraning peshonasiga qo`lini qo`yib, isitmasi yo`qligiga ishonch hosil qilgach, biroz xotirjam tortib dedi:

Erining o`zi haqida jon kuydirib aytgan gaplari Naziraga tilyog`lamalik bo`lib tuyuldi. Bir ko`ngli shartta yuzing-ko`zing demay yoqasiga yopishmoqchi ham bo`ldi, biroq oqibatini o`ylab, shashtidan qaytdi.

Kechasi allamahalgacha ko`zlariga uyqu kelmay erining xiyonati haqida o`ylayverib, boshi g`ovlab ketdi. «Odam deganlari shunchalikka borarkanmi? Sirtiga suv yuqtirmaydi-ya. Xotinim hech narsani ko`rmadi, hech narsani sezmadi, deb jufti haloliga xiyonat qilib, bemalol uxlab yotaversa… Umrida o`z xotiniga atab biror buyum olib kelmagan er begona ayolga sovg`a ko`tarib yuribdi! Asli tug`ilgan kun munosabati bilan berishni mo`ljallab xarid qilingan. Lekin ko`zdan panaroq joyga berkitish yodidan ko`tarilgan. Balki xotinim ko`rib qo`ysin, janjal ko`tarsin, shundagina ochiqchasiga gaplashib olaman degan niyati bordir?..»

Nazira sekingina o`rnidan turib qo`shni xonaga chiqdi. Ko`zgu qarshisiga borib uzoq termildi. Kim aytadi uni qirqqa kirmagan ayol deb, hattoki, o`ziga so`nggi marta qachon oro bergani esida ham yo`q. Erkakni o`ziga tortuvchi ayollik latofati ham qolmabdi. Kitoblar orasida albomni titkilay-titkilay, o`n sakkiz yoshida tushgan suratiga termulganicha og`ir xayolga toldi…

* * *

«Nazira, endi katta qiz bo`lib qolding. Mening birdan-bir orzuim seni oppoq libosda ko`rish, – deya onasining bo`g`ziga nimadir tiqilgandek bo`lib, og`ir-og`ir nafas olgandi o`shanda. — To`g`ri, hozir ayni o`ynab kuladigan vaqting, lekin kundan-kun sog`ligim yomonlashyapti… Tunov kuni qo`shni mahallada yashaydigan Hadicha hol so`rash uchun yonimga kirgandi. Gapdan-gap chiqib, seni maqtay ketdi. Kichik ukasiga kelin qilish niyati bormish. Men unga tayinli biror javob bermadim. Oldingdan o`tay dedim-da».

Xasta onasining so`zlarini jimgina eshitib o`tirgan Nazira boshini ko`tardi.

«Oyi, nimalar deyapsiz, meni qo`rqitmang. Bizni kimlarga tashlab ketmoqchisiz? Meni aytdi deng, hali bu kunlarni ko`rmagandek bo`lib ketasiz».

Onasining ko`zlaridan tirqirab yosh quyilarkan, eshitilar-eshitilmas tovushda dedi:

«Jon qizim, neki bo`lsa inson peshonasida borini ko`radi. Taqdiri azaldan qochib qutulib bo`larkanmi? Faqat mening gaplarimni yaxshilab o`ylab ko`r. Onang bo`lsam ham bu masalada majburlay olmayman. Erta u bilan yashaydigan o`zing…»

Kelinlik libosida ko`rish onasining orzusi ekanligini Nazira sezib turardi. Shuning uchun «siz nima desangiz shu» deb qo`ya qoldi.

Ikki yosh bir-biriga ma`qul kelib, hamma havas qilgudek to`y bo`ldi. Onasi bechora xastaligini ham unutib, o`sha kuni elib-yugurib mehmonlarga xizmat qildi.

Ko`p o`tmay Naziraning kelinlik uyiga mudhish xabar etib bordi: onasi bu yorug` dunyoni tark etgandi. Og`ir damlarda eri Anvardan dalda oldi, kundan kunga mehri oshaverdi. Oradan yillar o`tib, uyi bolalar bilan to`ldi. Hayot sinovlari, tashvishlari ikkovini ipsiz bog`ladi.

* * *

…Ertalab erini ishga, bolalarini o`qishga kuzatgan Nazira yolg`iz qolgach, o`ylar iskanjasidan qutulish, ko`nglini kimgadir to`kib solish ilinjida sinfdosh dugonasi Lobarga qo`ng`iroq qildi. Go`shakdan ovozini eshitgach, yig`lab yuboray dedi. Gaplariga ham uzuq-yuluq javob qaytardi-da, «maslahatli zarur ishim bor» deya uchrashmoqchiligini aytdi.

Ikki dugona yoshliklarini eslashib, ancha vaqt gaplashib o`tirishdi. Ayniqsa, Lobar eri yo`qligidan noliy ketdi.

Demak, dugonasining ahvoli yaxshi emas. Yana undan maslahat so`rashning nima keragi bor? «Kel, mening ham baxtsizligimni bilmay qo`ya qolsin», — dedi Nazira ichida.

Xayrlashib ketmoqchi bo`layotganda Lobar uning bilagidan tutdi.

Nazira o`zini bosolmay nuqul «erim… erim…» deya hiqillab yig`lardi.

Nazira ko`z yoshlarini artib, erga tikildi.

— Erimning mendan qo`ngli sovigan.

Birdan Lobarning yuzi o`zgarib qah-qah otgancha kulib yubordi.

Lobar dugonasiga yaqinroq surilib, qo`lini elkasiga tashladi.

Nazira shartta o`rnidan turmoqchi bo`lgandi, dugonasi yo`l qo`ymadi.

Nazira uyiga qaytgach, ancha toliqqan ekan, ko`zlari ilinib uyquga ketdi. Hatto tushida ham qora o`ylardan qutula olmadi: eri kostyumini kiyib, qaergadir ketayotganmish, negadir Nazira bilan qayta ko`rishmaydigandek uzoq xayrlashdi…

Uyqudan uyg`ongach, tushi ekanligini bilib, biroz engil tortdi. So`ng erining kelishiga ovqat tayyorladi. Ko`zgu qarshisiga o`tirib, o`ziga obdon oro berdi. Ko`ylaklarining ichidan to`ylargagina boradiganini tanlab kiydi. Kenja qizining «Oyi, bugun bayrammi?» degan savoliga miyig`ida kulib qo`ya qoldi. «Xo`sh, o`sha ayoldan qaerim kam? « - deganicha mamnun bo`ldi. Lekin Anvarning kunda keladigan vaqtidan kechikayotganidan ko`ngli g`ashlandi. Nahotki, xiyonat qilayotgani rost bo`lsa?..

Yo`q, ortiq chidolmaydi. U hamma narsaga qo`l siltab uyqu dori ichdi-yu, to`shakka cho`zildi. Qancha vaqt o`tganini bilmaydi, bir mahal eshik qo`ng`irog`ining to`xtovsiz jiringlashidan uyg`ondi. «Xiyonatkor erim kelganga o`xshaydi. Qani yana nimalar deb aldarkan?..» Shunday o`yda eshikni ochdi-yu, qarshisida bir dasta gul ko`tarib turgan Anvarni ko`rdi.

Naziraning bo`g`ziga nimadir tiqilib sevinch yoshlari yuzini yuva boshladi.

Dilfuza ALIMXO`JAEVA

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Manba: "darakchi.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: Er-xotin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя