Главная » 2021 » Июнь » 29 » Erdo‘g‘an O‘zbekistonga keladi
11:44

Erdo‘g‘an O‘zbekistonga keladi


Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning joriy yil oxirigacha Toshkentga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ushbu masala kecha, 28 iyun kuni Toshkentda ham muhokama qilingan. Bu haqda Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay aytib o‘tdi.

“Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning joriy yil oxirigacha Toshkentga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Bu masala kecha, 28 iyun kuni Toshkentda ham muhokama qilindi”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi Toshkentga tashrif yakunlari bo‘yicha ikki turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni nazarda tutadigan 58 banddan iborat Harakatlar rejasi to‘g‘risida kelishib olingan.

“Muloqotning muhim jihatlaridan biri Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida shartnomani imzolashdir. Anqara Toshkentni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bizning hamkorligimiz hurmat va o‘zaro manfaat tamoyillariga asoslanadi. Ishonchim komilki, 2021 yil Turkiya-O‘zbekiston aloqalarini rivojlantirish yili bo‘ladi”, deydi Turkiya vitse-prezidenti.

Oktayning ta’kidlashicha, Turkiya va O‘zbekiston savdo hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Kelgusi yillarda ushbu maqsadga erishish mumkinligi qayd etilgan.

“Joriy yilning oxiriga kelib tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollarni, 2023 yilga kelib esa 5 milliard dollarni tashkil etadi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat Oktayni qabul qildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: O‘zbekistonga, keladi, Erdo‘g‘an | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя