Главная » 2017 » Апрель » 25 » Erdo‘g‘anga nisbatan suiqasd yoki fuqarolar urushi
08:20

Erdo‘g‘anga nisbatan suiqasd yoki fuqarolar urushi


Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an fransiyalik siyosatchi Filipp Moro-Defarj ustidan prokuraturaga arz qildi. Bunga esa Turkiya rahbari tomon aytilgan fikrlar sabab bo‘ldi.

“BFM Business” telekanali orqali efiga uzatiluvchi “7 kun ichida dunyo” deb nomlangan dastur davomida Fransiyaning xalqaro aloqalar instituti professori Moro-Defarj Turkiyada o‘tgan referendum natijalarini inobatga olgan holda endilikda 2 ta yo‘l qolganini ta’kidlab o‘tdi. Bular: fuqarolik urushi yoki Erdo‘g‘an hayotiga suiqasd uyushtirish ekanini ma’lum qilgan.

Turkiya prezidentining advokati Husayn Oydin Anqara prokuraturasiga 4 sahifalik shikoyatnoma taqdim etdi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Turkiya Jinoyat kodeksining 310-moddasiga ko‘ra, shikoyatnomada Moro-Defarjning bunday bayonotini Turkiya rahbari hayotiga suiqasd uyushtirishga chaqiruv sifatida qabul qilish mumkinligi qayd etilgan. Arznomada, shuningdek, siyosatchining gaplari, fikrlari so‘z erkinligi me’yorlaridan chiqib ketgani ta’kidlangan.

Husayn Oydin taqdim etgan hujjatda Moro-Defarjning Fathulloh Gulen bilan aloqadorligi bor-yo‘qligini aniqlash bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi lozimligini qayd etib o‘tgan. Shuningdek, prezident hayotiga suiqasd qilishga chaqiruv kimga yo‘llanganini ham aniqlashtirish zarurligi ta’kidlangan.

Aytish kerakki, fransiyalik siyosatchi Filipp Moro-Defarj Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘andan so‘zlari uchun rasman kechirim so‘ragan.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: nisbatan, fuqarolar urushi, suiqasd, Erdo‘g‘an, Yoki | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя