Главная » 2022 » Июль » 26 » Erdo‘g‘on G‘arb siyosatchilarining Putinga munosabatini nomaqbul deb atadi.
19:43

Erdo‘g‘on G‘arb siyosatchilarining Putinga munosabatini nomaqbul deb atadi.


G‘arb siyosatchilarining Rossiya prezidenti Vladimir Putinga munosabati nomaqbul. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on gapirdi.
 

“G‘arb siyosatchilarining Putinga munosabatini bilasiz. Bu siyosatga yarashmaydi. Unga qanday munosabatda bo‘lsangiz, shuni olasiz”, — ta’kidladi Turkiya rahbari.

23-iyun kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Erdo‘g‘onning rossiyalik va eronlik hamkasblari Vladimir Putin va Ibrohim Raisiy bilan birgalikda suratga tushgani Turkiya kabi NATO a’zosi bo‘lgan va Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatayotgan davlat hokimiyati vakili nuqtayi nazaridan tushunarsiz, degan edi.

“Ushbu suratda Turkiya prezidentining bo‘lishi — qarshi harakat”, — dedi u.

Iyun oyi oxirida iste’foga chiqishini e’lon qilgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Putinni Indoneziyadagi G20 sammitida ishtirok etishiga shubha bildirgan edi.

Shu bilan birga u G‘arb davlatlarini agar Putin sammitda ishtirok etsa, tadbirni boykot qilmaslik haqida ogohlantirdi. Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya va Xitoyga “propaganda tarqatish imkoniyatini beradi”.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ham agar Putin ishtirok etsa, tadbirni boykot qilmasligini aytdi. “Menimcha, uning kelishi yaxshi bo‘ladi, shunda nimani o‘ylayotganimizni uning yuziga aytishimiz mumkin bo‘ladi”, — dedi u.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Jonsonning bayonotiga izoh berar ekan, Britaniya rasmiylarining bayonotlari Putinning sammit haqidagi qaroriga ta’sir qila olmasligini ta’kidladi.

G20 davlatlari rahbarlarining 17-uchrashuvi noyabr oyida Balida bo‘lib o‘tadi. Indoneziya G20 ning hozirgi raisi hisoblanadi.

 

Mavzuga doir: Erdo‘g‘on Tehrondagi Putin bilan bo‘lgan muzokaralarni yuqori baholadi


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: munosabatini, G‘arb, Putinga, deb, Erdo‘g‘on, nomaqbul, atadi., siyosatchilarining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя