Главная » 2020 » Июнь » 2 » Erkak do‘stining 6 yoshli qizini zo‘rlab, kanalga cho‘ktirib yubordi
14:49

Erkak do‘stining 6 yoshli qizini zo‘rlab, kanalga cho‘ktirib yubordi


Qrimda olti yoshli bolani o‘ldirishda gumon qilingan shaxs ushlandi.
U marhuma qizning otasining do‘sti. Qo‘lga olingan shaxs, shuningdek, pedofiliyada ham gumon qilinmoqda.
Tafsilotlarga ko‘ra, 31 may kuni tushdan keyin qizning otasi do‘stlari va qizlari bilan baliq oviga boradi, u yerda spirtli ichimlik ichishadi. Dastlab ota qizini qarovsiz qoldirgani, natijada u g‘oyib bo‘lgani aytilgandi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, otasi qizini uyiga olib borib qo‘ymoqchi bo‘lgan do‘stiga rozilik bergan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, otaning "do‘sti" avval qizni zo‘rlagan, keyin uni suvga itarib yuborgan. Jasad Shimoliy Qrim kanalidan topilgan.
Ota voyaga yetmagan farzandini xavf ostiga qo‘yganlikda ayblanmoqda, gumondorga esa qotillik va jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha jinoiy ishlar ochilgan.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 6 yoshli, Erkak, cho‘ktirib yubordi, Zo‘rlab, Kanal, qizi, do‘sti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя