Главная » 2021 » Январь » 1 » Erkak qo‘shnisining rafiqasi bilan uchrashib yurish uchun uning uyi ostidan tunnel qazdi
23:37

Erkak qo‘shnisining rafiqasi bilan uchrashib yurish uchun uning uyi ostidan tunnel qazdi


Meksikalik erkak qo‘shnisining rafiqasi bilan yashirincha uchrashish uchun uning uyi ostidan tunnel qazdi, deb xabar bermoqda “Daily Mail”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Alberto ismli qurilish ishchisi o‘z uyidan sevgilisi Pamela yashaydigan qo‘shni turarjoygacha tunnel qazib olgan. Juftlik Albertoning xotini uxlaganda, qo‘riqchi bo‘lib ishlaydigan Pamelaning turmush o‘rtog‘i Jorj navbatchilikda bo‘lganda uchrashib yurishgan. Ammo bir kuni Jorj ishdan odatdagidan erta qaytib kelgan va “sevishganlarni” ko‘rib qolgan.

Alberto yashirinishga uringan va divan ortida g‘oyib bo‘lgach, Jorj uning ortidan borib, tunnelga o‘tish joyini topib olgan.

Qayd etilishicha, Alberto ma’shuqasining erini vaziyatni uxlab yotgan xotinidan yashirishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan, ammo u bunga rozi bo‘lmagan va erkaklar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: rafiqasi, qo‘shnisining, Tunnel, Erkak | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя