Главная » 2019 » Декабрь » 23 » Erkaklar, atirni to‘g‘ri ishlatyapsizmi?
21:36

Erkaklar, atirni to‘g‘ri ishlatyapsizmi?


Atirni ishlatish osondek tuyulishi mumkin. Lekin uning ham ishlatilish tartibini bilish kerak. Quyidagi maslahatlarimiz qimmatga olgan atiringizning kun bo‘yi yaxshi hid taratib turishiga yordam beradi. 

1.  Sifatli odekolon sotib oling

Eng birinchi qoida parfyumdan pulingizni ayamang. Arzon atirlar o‘tkir hidli bo‘lgani bilan tez “uchib” ketadi. Shunday ekan bunday mahsulot sotib olishingizning foydasi yo‘q. 
Uni xarid qilayotganingizda, eng avval, bilagingizga sepib ko‘ring. Bir daqiqa kuting, ana shunda uning asl hidini bilib olasiz. Bir martada 3 tadan ortiq atirni hidlamang. Chunki ko‘p atir hidlab yuborishingiz natijasida iforlarning farqiga bormay qolasiz. Natijada sotib olgan atiringiz ertasi kuni yoqmay qolishi mumkin. 

2.  Atirni to‘g‘ri seping

Atirni qanchalik to‘g‘ri ishlatsangiz uning hidi shunchalik uzoq saqlanib turadi. Birinchidan, atirni faqat toza teriga sepish kerak. Dush qabul qilib chiqqaningizdan keyin, yaxshilab quringach uni tananing “issiq joylari” deb nomlanadigan bo‘yin, qo‘ltiq va bilaklarga seping. 

3.  Atir saqlashda e’tiborli bo‘ling
Ko‘pchilik odamlar atirning saqlanishiga u qadar e’tibor bermaydi. Lekin bu omil atir hidining uzoq vaqt saqlanib turishida juda katta ahamiyatga ega. Odekolon yoki atirni aslo to‘shak yonidagi tortma ustida saqlamang. Bu yer atirga issiqlik qiladi va unga doimiy ravishda yorug‘lik tushib turadi. Bularning hammasi atir sifatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Agar falon pulga olgan atiringizning hidi uzoq vaqt saqlanib turishini istasangiz uni qorong‘i va salqin joyda saqlang. Masalan, javon ichida. 

4.  Harakatingizga qarab atir seping
Atir sepib yurish o‘zingizga nisbatan ishonchni orttiradi. Lekin atir bilan o‘z tabiiy hidingiz aralashib, qanday ifor taratishini ham hisobga olish kerak. Masalan, kechki payt qandaydir ziyofatga ketayotib, u yerda raqsga tushishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, juda kam miqdorda atir sepganingiz ma’qul. Aks holda o‘z hidingizga qo‘shilib yoqimsiz “ifor” taratishi mumkin. 

5.  Parfyumni isrof qilmang
“Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi” qoidasi parfyumlar uchun emas. U yaxshi hid taratib turishi uchun me’yorida ishlatilishi kerak. Odekolonni barmog‘ingiz bilan bir marta yuqorida aytilgan joylarga surib chiqishingizning o‘zi yetadi. Uni surtib bo‘lgach esa, parfyum surtgan barmog‘ingizni yuvib tashlashingiz kerak.

6.  Atirni tez-tez ishlatmang
Atir sepgandan so‘ng biroz vaqt o‘tgach uning hidiga o‘rganib qolasiz va “hidi ketib qolipti” deb yana sepishga urinasiz. Bu mutlaqo noto‘g‘ri! Odekolon va atirni kuniga ikki martadan ortiq ishlatib bo‘lmaydi. Hatto, eng zo‘r parfyum ham ko‘p sepilsa, yoqimsiz hid taratadi. 
Yana bir maslahat sigareta chekkaningizdan keyin aslo atir sepmang. Shunday qilsam, sigaretaning hidi bilinmaydi deb o‘ylashingiz mumkin. Lekin parfyum va tamaki hidi bir biri bilan birikib juda badbo‘y hid taratadi. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя