Главная » 2021 » Февраль » 23 » Erkaklar salomatligini yaxshilovchi mahsulotlar
23:29

Erkaklar salomatligini yaxshilovchi mahsulotlar


Erkaklar sog‘lig‘ini saqlash va yaxshilash uchun taomnomasiga qizil go‘sht, dengiz balig‘i, midiya, parranda go‘shti va anorni kiritishi lozim. Bu mahsulotlarning tarkibida ko‘p miqdorda oqsil va yog‘ kislotalari bo‘lib, ular testosteron ishlab chiqarishga javob beradi.

Erkaklarning mushak to‘qimasi ayollarnikiga qaraganda ancha rivojlangan bo‘ladi. Shu bois, diyetolog Margarita Makuxauning so‘zlariga ko‘ra, mushakni saqlab qolish uchun gormon sinteziga yordam beradigan oqsilga boy taomlarni yetarli miqdorda iste’mol qilish kerak. Organizmdagi ushbu muhim jarayon ko‘p jihatdan iste’mol qilinadigan oziq-ovqat tarkibi va sifatiga bog‘liq.

Tarkibida yarim to‘yingan yog‘ kislotalari bo‘lgan mahsulotlarga e’tibor berish lozim. O‘simlik yog‘lari, yog‘li dengiz balig‘i, bug‘doy maysasi, yong‘oq va avakado shular jumlasidan. Banan, don, karam, dengiz maxsulotlari, zanjabil va sarimsoqdan olinadigan rux va selen ham muhim ahamiyatga ega.

Mutaxassis, shuningdek, zararli oziq-ovqat va ichimliklar erkaklar gormoni ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan ogohlantirgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: erkaklar, salomatligini, mahsulotlar, yaxshilovchi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя