Главная » 2016 » Декабрь » 29 » Erkin Vohidov xonadoniga xotira yodgorligi o‘rnatildi
11:12

Erkin Vohidov xonadoniga xotira yodgorligi o‘rnatildi


O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayot bo‘lganida 28 dekabr kuni 80 yoshni qarshilagan bo‘lar edi. Shoir joriy yilning 30 may kuni yorug‘ dunyoni tark etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning 2016 yil 7 dekabrdagi qarori bilan o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo‘shgan atoqli adib, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kecha, 28 dekabr shoir 1966-2016 yillarda yashab, ijod qilgan xonadoniga yodgorlik lavhasi o‘rnatildi

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda shoirning yaqinlari, do‘stlari, adabiyotshunos olimlar ishtirok etdi.
 
Tadbir ishtirokchilari va adibning oila a’zolari atoqli shoir qabrini ziyorat qildi. Shoir qabriga gul qo‘yilib, xotirasiga hurmat bajo keltirildi, Qur’on tilovat qilindi. 

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida esa O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov so‘zga chiqar ekan, davlat rahbari Shavkat Mirziyoevning Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi qarori milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimizni yuksaltirish, ijodkorlar mehnatini munosib rag‘batlantirish borasidagi yuksak e’tibor ifodasi ekanini, atoqli shoirimiz ijodi va uning adabiyotimizda tutgan o‘rni, hamisha yosh avlodni yangicha tafakkur bilan yashashga undashdagi ahamiyatini ta’kidladi.

O‘zbek Milliy akademik drama teatridagi adabiy-badiiy kechada Erkin Vohidov hayoti va ijodini o‘zida aks ettirgan hujjatli film namoyish etildi.
 
Tadbirda Erkin Vohidovning rafiqasi Gulchehra Vohidova atoqli shoir tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish borasidagi yuksak e’zoz-e’tibor uchun Prezident Shavkat Mirziyoevga samimiy minnatdorlik bildirdi. 

Marosimda Erkin Vohidov sevgan va uning g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlardan iborat konsert namoyish etildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Aabdulla Aripov ishtirok etdi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Erkin Vohidov | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя