Главная » 2020 » Март » 8 » Eron tashqi ishlar vaziri Trampni «tibbiy terrorchilik»da aybladi
17:12

Eron tashqi ishlar vaziri Trampni «tibbiy terrorchilik»da aybladi


Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi sanksiyalari koronavirus epidemiyasi ortida tibbiy terrorchilikning bir turi hisoblanishini aytdi.

“Donald Tramp fuqarolarimiz koronavirusdan halok bo‘layotgan bir paytda Eronning kasallikka qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan zaxiralarini oriqlatish maqsadida noqonuniy sanksiyalarni ataylab kuchaytirmoqda”, deb yozgan Zarif tvitterda.

U dunyo AQShning “iqtisodiy terrorchiligi tibbiy terrorchilikka o‘zgarayotgani”ga boshqa jim qarab tura olmasligini aytgan.   

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinganlar soni 5823 nafarga, undan vafot etganlar soni 145 nafarga yetgan. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя