Главная » 2020 » Февраль » 27 » Eron virus haqidagi ma’lumotlarni yashiryaptimi?
21:13

Eron virus haqidagi ma’lumotlarni yashiryaptimi?


Eron Islom Respublikasi koronavirus epidemiyasi haqida ma’lumotlarni yashirayotganga o‘xshaydi. Bu haqda Parijda joylashgan "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining jurnalisti ma’lum qildi.

U bunga, Eronda aholi o‘rtasida mishmishlar keltirib chiqaradigan ma’lumot tarqatishda ayblanib 22 kishini hibsga olinishi sabab qilib keltirdi. U shuningdek, Eronning mustaqil ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarni ta’qib qilishini qoraladi. 

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining Erondagi vakolatxonasi rahbari: "Jamiyatning to‘la, mustaqil, xilma-xil va yuqori sifatli yangiliklarni yoritish huquqini hurmat qilish bu odamlarni himoya qilish va mish-mishlarga qarshi kurashishning eng yaxshi usuli. Ma’lumotlarni sir saqlash halokatga olib kelishi mumkin", dedi "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining Erondagi vakolatxonasi rahbari Rizo Moyni.

Prezident Hasan Ruhoniy, AQSH Eronda "qo‘rquv" qo‘zg‘ash uchun mamlakat ichida maxfiy targ‘ibot o‘tkazayotganini ta’kidladi.

"Amerikaliklarning o‘zi koronavirus bilan kurashmoqda", dedi Ruhoniy haftalik hukumat yig‘ilishida. Uning qo‘shimcha qilishicha, "U yerda grippdan 16000 kishi halok bo‘lgan, ammo ular buni yashirishmoqda".

Bir hafta oldin, AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo xam Eronni avj olgan hodisaning to‘liq ko‘lamini yashirayotganlikda ayblab, "Tehron muhim tafsilotlarni yashirgan bo‘lishi mumkin" deb aytgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя