Главная » 2020 » Март » 9 » Eronda “koronavirusdan dori” sifatida metil spirti qabul qilgan 27 kishi hayotdan ko‘z yumdi
22:57

Eronda “koronavirusdan dori” sifatida metil spirti qabul qilgan 27 kishi hayotdan ko‘z yumdi


Eronda “koronavirusdan dori” sifatida qalbaki spirtli ichimlik ichish oqibatida zaharlanib hayotdan ko‘z yumayotganlar soni ortmoqda.

Eron rasmiylari va shifokorlar ma'lumotlariga ko‘ra, qalbaki spirtli ichimlik qabul qilishdan zaharlangan 218 kishidan 27 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Jumladan, Eronning janubidagi Huziston viloyatida 20 kishi, Albo‘rz viloyatida esa 7 kishi metil spirtdan zaharlanish oqibatida jon bergan. 

Eronda oxirgi haftalarda koronavirus epidemiyasi ortida sirtlarni viruslardan zararsizlantirishda qo‘llash uchun metil spirti ishlab chiqarish faollashgan. Metanolni do‘konlarda bemalol xarid qilish mumkin. Qoidaga ko‘ra, u ichiladigan suyuqliklardan farqlanishi uchun zarg‘aldoq rangda bo‘ladi.

Vafot etganlar esa koronavirusdan himoyalanish maqsadida ushbu spirtni iste'mol qilishga qaror qilishgan.

9 mart kuniga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinish bo‘yicha 7161 ta holat qayd etilgan, ulardan 237 tasi o‘lim bilan tugagan, 2,4 ming kishi sog‘ayib ketgan. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni spirtli ichimliklar bilan davolash mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etib kelmoqda.

Ta'kidlanishicha, spirtli ichimliklar virusga chalinishning oldini ololmaydi. Undan faqatgina sirtlarni zararsizlantirishda foydalanish mumkin. Spirt yoki xlorli suvni butun tanani dezinfeksiya qilishda qo‘llash yaramaydi, chunki u ziyon yetkazishi mumkin.

Biroq tibbiyotchilarning ogohlantirishiga qaramay, aksariyat kishilar spirtli ichimliklarning oz miqdorlarda muntazam qabul qilinishi koronavirusdan saqlaydi, deb o‘ylaydi. 

Ayni vaqtda spirtli ichimliklar yordamida koronavirusdan saqlanish mumkinligi haqida ishonchli ma'lumotlar yo‘q. Biroq kasallikka chalinganlarga alkogol nafaqat befoyda, balki xavflidir, chunki yallig‘lanish jarayonlarini zo‘raytirib yuborishi mumkin.


Manba: "kun.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя