Главная » 2020 » Февраль » 29 » Eronda koronavirusga chalingan bemorlar yotgan shifoxona yoqib yuborildi
20:53

Eronda koronavirusga chalingan bemorlar yotgan shifoxona yoqib yuborildi


Eronning Bandar Abbos shahri aholisi koronavirus bilan kasallangan bemorlar joylashgan shifoxonani yoqib yuborishga urindi. Bu haqida “Iran International” telekanali xabar bermoqda. 

Telekanal taqdim etgan videolavhalarda shahar aholisi yonayotgan tibbiy muassasani qanday kuzatayotganini ko‘rish mumkin. Keyinchalik olov o‘chirilgan.

“Iran International” ma’lumotlariga ko‘ra, odamlar koronavirus bilan kasallangan o‘n nafar bemorning kasalxonaga olib kelinganiga norozilik bildirishgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinganlar soni 593 nafarga yetdi. 43 kishi kasallik tufayli olamdan o‘tdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя