Главная » 2016 » Ноябрь » 10 » Erta klimaksning oldini oling!
20:05

Erta klimaksning oldini oling!


Bugungi kunda erta klimaks tez-tez uchrab turayotgan holatga aylandi. Bu davrda o‘ziga xos o‘zgarishlar qatorida sog‘ligimizda ham turli bezovtaliklar kelib chiqishi sir emas. Ularni bartaraf etish uchun esa  ishni taomnomadan boshlashni tavsiya etamiz:

•  Kalsiyga boy mahsulotlar – sut,qatiq, tvorog, yogurt, pishloq, tuxum, bodom, sariyog‘, dengiz karamidan tayyorlangan yeguliklar ayni muddao.
•  Yarim to‘yingan yog‘ kislotalariga ega bo‘lgan o‘simlik yog‘i, yong‘oqlar, albatta, taomnomaga kiritilishi zarur. Ular qondagi trigliserid va xolesterin miqdorini kamaytiradi. 
•  Omega – 3 yog‘ kislotasi ko‘p bo‘lgan baliq turlari iste’mol qilinishi kerak. Hech bo‘lmaganda haftasiga bir marta bo‘lsa ham. Shuningdek, yong‘oqlarni ermak qilish ham asabni tinchlantiradi.
•  Nonushtaga suli va manniy yormasidan tayyorlangan bo‘tqalar, meva sharbatlari bo‘lsa, tushlikka suyuq taomni tanlang. Kechki taomda esa ko‘kat qo‘shilgan salat yeyishingiz lozim. 
•  Makaron yoki xamirli taomlarni bug‘da tayyorlang. 
•  Sabzi, karam, qizil lavlagi, bulg‘or qalampiri, pomidor va barra ko‘katlar immunitetga “tez yordam”dir. Unutmang, bu davrda immun tizimi zaiflashib qoladi. 
•  Bor elementiga mo‘l bo‘lgan mayiz, shaftoli, anjir, qulupnay va olxo‘riga  ham diqqat qiling.
•  Salat bargi tarkibida Ye vitamini talaygina. Ayni klimaksning boshlang‘ich davrida salat bargi qo‘shilgan taom va yeguliklarni kanda qilmasangiz, kayfiyat o‘zgaruvchanligi hamda uyqusizlikdan aziyat chekmaysiz. 
•  Piyoz, sarimsoq immunitetni oshiribgina qolmay arterial qon bosimini ham me’yorlashtiradi.
•  Bu davrda shirinliklarga ko‘p ham chalg‘imang. Achchiq qora shokolad, yong‘oq-mayiz aralashmasi stressni yengish uchun kifoyadir.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: oldini oling, Erta klimaks | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя