Главная » 2020 » Декабрь » 23 » Erta vafot etishning xavotirli alomati aniqlandi
08:39

Erta vafot etishning xavotirli alomati aniqlandi


Olimlar o‘ng va chap qo‘lda o‘lchangan arterial qon bosimidagi farq insult, yurak xuruji va erta o‘lim xavfiga ishora qilishini aniqlashdi. «Hypertension» jurnalida chop etilgan maqolada xavotirli yangi alomatlar haqida ma’lumot berilgan.

Tadqiqotchilar Yevropa, AQSh, Afrika va Osiyodan qariyb 54 ming kishi ishtirok etgan 24 ta turli xil tadqiqotlarni tahlil qilishdi.  Mutaxassislar qo‘llar orasidagi arterial qon bosimining farqiga oid ma’lumotlarni o‘rganib chiqdilar va o‘n yil davomida yuz bergan o‘lim, insult va yurak xurujlari sonini kuzatdilar.

Ikkala qo‘lda sistolik (yuqori) arterial qon bosimi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi sezilarli farq qon tomirlarining torayishi yoki qon oqimiga ta’sir qiladigan arteriyalarning qattiqligini ko‘rsatishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, simob ustunida har bir millimetr farq keyingi 10 yil davomida stenokardiya, infarkt yoki insult xavfini bir foizga oshirgan. Simob ustunidagi 10 millimetrlik farq esa me’yorning yuqori chegarasi hisoblanadi.

Me’yordan oshish qon bosimidan qiynaluvchi odamlarning 11 foizida uchraydi, bu esa aholining to‘rt foiziga to‘g‘ri keladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: xavotirli, alomati, etishning, vafot, Erta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя