Главная » 2020 » Март » 17 » Ertadan maktab o‘qituvchilari ta’tilga chiqadi
18:37

Ertadan maktab o‘qituvchilari ta’tilga chiqadi


Ertaga, 18 martdan e’tiboran O‘zbekistondagi barcha maktablarda o‘qituvchilar ta’tilga chiqadi. Bu haqda bugun O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ta’til faqat o‘qituvchilarga taalluqli. Maktab direktori, direktor o‘rinbosari, xo‘jalik mudiri, psixolog, farrosh va qorovul bu davrda maktabda bo‘ladi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgandan keyin 16 martdan e’tiboran mulkchilik shaklidan qat’i nazar O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida ta'til e'lon qilindi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus bilan og‘riganlar soni 11 nafarga yetdi. Qurbonlar yo‘q. 


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя