Главная » 2020 » Сентябрь » 14 » Ertadan O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashadi
22:11

Ertadan O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashadi


Ertaga, 15 sentyabr kunidan boshlab AYOQSHlardagi Ai-92 markali benzinning narxi arzolashtiriladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ xabar berdi.

O‘zgarishlarga ko‘ra, import qilingan Ai-92 markali benzin 6 000 so‘mdan 5 500 so‘mga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Ai-92 markali benzinining narxi esa 5 800 so‘mdan 5 500 so‘mga arzonlashtirilmoqda.

“Bundan keyin ham korxona tomonidan neft mahsulotlarining iste’molchilarga sotish narxlarini bozor munosabatlariga to‘liq tayanib shakllantirib boriladi, ularning tannarxi tushganda narxlar albatta arzonlashadi” deydi “UNG Petro” MCHJ direktori Mirzohid Musayev.

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” korxonasi tasarrufidagi yoqilg‘i quyish stansiyalari tarmog‘ida sotilayotgan neft mahsulotlarining narxi bozor munosabatlaridan kelib chiqib shakllantirilishi haqida bir necha bor aytilgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, arzonlashadi, Ertadan, benzin narxi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя