Главная » 2021 » Февраль » 22 » Ertadan O‘zbekistonda havo keskin sovishi kutilmoqda
11:11

Ertadan O‘zbekistonda havo keskin sovishi kutilmoqda


Respublika Gidrometeorologiya xizmatiga ma’lumotiga ko‘ra, 23-26-fevralda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

23-fevralda respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 24-fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Havo harorati 24-fevralda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi, 25-26-fevralda harorat kechalari 7-12° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha pasayadi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 23-fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 24- fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24-25-fevralda Qoraqalpog‘istonda harorat kechalari 17-22° sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 12-17° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10° sovuqgacha pasayadi.

23-25-fevralda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sovishi, Keskin, havo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя