Главная » 2021 » Январь » 20 » Ertadan O‘zbekistonda kuchli sovuq boshlanishi ma’lum qilindi
10:13

Ertadan O‘zbekistonda kuchli sovuq boshlanishi ma’lum qilindi


Respublika Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga yana qishki sovuqlar qaytadi. 

21-23-yanvarda O‘zbekiston hududiga g‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiya (Moskva viloyati) Yevropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

21-yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi.

22-yanvarda respublika hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor, ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

21-22-yanvarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

22-23-yanvarda havo harorati kechalari 5-10° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha; shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8° sovuqgacha pasayadi.

22-23-yanvarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 8-10° ga past bo‘ladi.

Yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, Sovuq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя