Главная » 2016 » Ноябрь » 7 » Ertaga AQShda prezident saylovi bo‘lib o‘tadi
17:40

Ertaga AQShda prezident saylovi bo‘lib o‘tadi


AQSh siyosiy hayotda yana bir burilish yasalishi arafasida turibdi. Chunki, ertaga, 8 noyabr kuni mamlakatda Prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Bu saylov AQSh tarixida 58-prezident saylovi bo‘ladi.
 
Prezidentlikka o‘z nomzodini ilgari surgan ikki asosiy partiyalar Demokratlar va Respublikachilar deyarli yil davomida o‘z maqsadlariga erishish uchun turli targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bordi. Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tarmp va Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton o‘rtasidagi prezidentlik uchun kurash, nafaqat Amerika xalqi, balki butun dunyo e’tiborida bo‘ldi. Ularni “Qalampir.uz” saytimiz orqali yoritib borishga harakat qildik.
 
Saylovoldi targ‘ibot ishlariga start berilganidan boshlab o‘tgan davr mobaynida ikki nomzod o‘rtasida turli tortishuvlar, muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Bir necha marta telemuzokara olib borildi. Unda ikki nomzodning agar prezidentlikka saylansa, mamlakatning tashqi va ichki siyosatida qanday ishlarni amalga oshirishni rejalashtirayotgani yuzasidan fikrlar almashildi.
 
Tramp va Klintonning har bir chiqishidan so‘ng, Amerika ommaviy axborot vositalari nomzodlarga berilgan ovozlar natijalarini e’lon qilib bordi. Deyarli har bir ovoz berish natijalariga ko‘ra, Hillari Klinton raqibidan ma’lum foizlarga ustunlik qilib bordi. Biroq so‘nggi paytlarda Donald Tramp o‘z tarafdorlarining soni ortib borishiga erishdi.
 
O‘tgan vaqt mobaynida ikki nomzod bilan bog‘liq voqealar esga olindi va Donald Tramp va Hillari Klinton bir-birini obro‘sizlantirishga urindi. Masalan, Donald Tarmpning ayollar sha’niga aytgan nomaqbul va behayo so‘zlari tasvirlangan video tarqatildi. Bu video 2005 yil tasvirga olingan bo‘lsa-da, Trampning obrщsini to‘kish uchun endi tarqatilganini anglash qiyin emas.
 
Klintonning ham o‘z muammolari bor. U davlat kotibi bo‘lib ishlagan vaqtdagi elektoron yozishmalarning xavfsizligi borasida yo‘l qo‘ygan xatolari endi oshkor qilindi. Hatto, agar Tramp prezident bo‘lsa, Klintonni qammoqqa tiqishga va’da berdi.
 
Hillari Klintonning muammosi bu bilan yakun topgani yo‘q. Klinton Fondi bilan bog‘liq mojarolar ham unga tegishli. Chunki Fond Qatardan katta miqdorda pul kelib tushganini yashirgan va bu bilan saylovoldi targ‘iboti bilan mashg‘ul bo‘lgan Hillari Klintonni shubha ostiga qo‘ygan. Chunki bu pullarni agar Klinton prezidntlikka saylansa, Qatarga yordam berishi uchun pora sifatida olgan, degan taxminlar paydo bo‘ldi. Taxminlar o‘zini oqlamagan bo‘lishiga qaramay, Klinton fondi Qatardan katta miqdorda pul mablag‘lari kelib tushganini tan oldi.
 
Prezidentlikka nomzodlar atrofida qanchalik muammolar ko‘p bo‘lmasin, ularning har biri o‘z g‘alabasiga ishonadi. Buni Tramp shtabi erishilajak g‘alaba sharafiga oldindan bazm uyushtirishni rejalashtirib qo‘yganidan ham bilish mumkin. Ular, hatto, bazmga keladigan mehmonlarga taklifnomalar tarqatgan. Hillari Klinton ham bazmu jamshid qilish ishtiyoqida yurgan Trampdan qolishgani yo‘q. U ham saylovdagi g‘alabani Manxettendagi Konferensiya markazida nishonlash niyatida.
 
Prezident saylovi o‘tkazilishiga bir kun qolganida esa nomzodlarning qaysi biri prezident bo‘lishi ochiq ko‘zga tashlanayotgani yo‘q. Shu paytga qadar ovoz to‘plashda Klinton ustunlik qilib kelgan bo‘lsa, so‘ggi vaqtlarda Trampning mashhurligi ham ortib bormoqda.
 
Ko‘ramiz, oxirida omad kimga kular ekan...
 
Ma’lumot o‘rnida, AQSh prezidentligida eng ko‘p vaqt faoliyat olib borgan shaxs Franklin Delano Ruzvelt hisoblanadi. Ushbu lavozimda u 1933—1945 yillar davomida 4422 kun faoliyat yuritgan. Uilyam Garrison esa atigi 31 kun prezidentlik faoliyatini olib bordi. U 1841 yilda prezidentlikni qabul qilib olganidan so‘ng, ko‘p o‘tmay vafot etgan.

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQSH, Ertaga, prezident saylovi, bo‘lib o‘tadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя