Главная » 2018 » Апрель » 24 » Ertaga ob-havo qanday bo‘ladi?
18:00

Ertaga ob-havo qanday bo‘ladi?


Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ertaga, 25 aprel kuni Respublikada quyidagicha ob-havo kuzatiladi:

Toshkentda havo kechasi +13...+15, kunduzi +20...+22 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi 7-12 m/s ga yetishi mumkin.

Farg‘ona vodiysida havo kun davomida +13...+18 daraja iliq bo‘lib, yomg‘ir yog‘adi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +10...+15, kunduzi +18...+23 daraja iliq bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo kechasi +7...+12, kunduzi +20...+25 daraja bo‘lib, yomg‘ir yog‘adi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo kechasi +13...+18, kunduzi +20...+25 daraja iliq bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi +7...+12, kunduzi +17...+22 daraja iliq bo‘ladi. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя