Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 19 » Ertaga ob-havoda o‘zgarish kuzatiladi
18:38
Ertaga ob-havoda o‘zgarish kuzatiladi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ertaga, 20 iyun kuni Respublikada quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkentda havo harorati kechasi +19...+21, kunduzi +33...+35 daraja bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib turadi. Biroz bulutli havo kuzatiladi.

Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi +17...+22, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi. Havo bulutli bo‘lib, 12-17 m/s tezlikd shamol esadi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +17...+22, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib turadi.

Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib turadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/s ga yetadi.

Chimyon va Qamchiq dovonida havo kechasi +12...+17, kunduzi +16...+21 daraja bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Shmol tezligi 12-17 m/s tezlikka yetadi.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 341 | Добавил: ADMIN | Теги: o‘zgarish, kuzatiladi, Ertaga, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |