Главная » 2020 » Ноябрь » 27 » Ertaga qator viloyatlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutiladi
18:18

Ertaga qator viloyatlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutiladi


Respublika Gidrometeorologiya xizmati ertaga, 28-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahri.
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-2° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Surxondaryo.
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari.
Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: viloyatlarda, yomg‘ir, qor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя