Главная » 2018 » Май » 10 » Ertaga yanada issiq bo‘ladi
21:46

Ertaga yanada issiq bo‘ladi


Ertaga, 11 may kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari bilan tanishish vaqti keldi.

Toshkentda havo harorati kechasi +21...+23, kunduzi +35...+37 daraja issiq bo‘lib, shamol tezligi 7-12 m/s ga yetishi mumkin.

Farg‘ona vodiysida kechasi +17...+22, kunduzi +32...+37 daraja issiq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +32...+37 daraja issiq bo‘ladi. Shamol tezligi 15-20 m/s ga yetishi kutiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi +20...+25, kunduzi +33...+38 daraja issiq bo‘ladi. 15-20 m/s tezlikda shamol esib, qisqa yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kechasi +20...+25, kunduzi +35...+40 daraja issiq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +27...+32 daraja issiq bo‘lib, 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo, issiq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя