Главная » 2017 » Август » 2 » Ertangi ob-havo: Vanihoyat yomg‘ir va’da qilindi
23:00

Ertangi ob-havo: Vanihoyat yomg‘ir va’da qilindi


Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud.

3 avgust kunining ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Toshkentda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +35... +37, kechasi esa +22... +24 daraja bo‘ladi. Shamol soniyasiga 12-17 metr tezlikda esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +33... +38 kechasi esa +22... +27 darajada bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 5-10 metr soniyani tashkil etadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi esa +22... +27 daraja bo‘lib, shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lib, harorat kunduzi +31... +36, kechasi +22... +27 darajani tashkil etadi. Shamol soniyasiga 5-10 metr tezlikda esishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo bulutli bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +31... +36, kechasi +20... +25 daraja tashkil etib, shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +34... +39 daraja, kechasi esa +22... +27 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi.

Zohirshoh Jo‘raev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя