Главная » 2021 » Апрель » 21 » Evakuator ustida turgan «Matiz»ning radarga tushishi holatiga izoh berildi
14:46

Evakuator ustida turgan «Matiz»ning radarga tushishi holatiga izoh berildi


Ijtimoiy tarmoqda «Maxsus evakuator ustida turgan Matiz radarga tushdi» sarlavhasi ostidagi xabar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat 2020 yilda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida sodir bo‘lgan. 

2020 yil 9 aprel kuni Guliston shahar hududida o‘tkazilayotgan reyd tadbiri davomida «Matiz» rusumli 20 F814DA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi karantin qoidalarini buzib, viloyat markazida harakatlanib yurganligi sababli, haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirishga jo‘natilgan.

«Mersedes-Bens Sprint» rusumli 20 E298DA davlat belgili maxsus evakuator «Matiz» rusumli avtomobilni jarima maydonchasiga olib ketayotib, O‘zbekiston ko‘chasida yuqori tezlik 60 km/soat belgilangan joyda 70 km/soat tezlikda harakatlangan vaqtda tezlikni o‘lchovchi moslama, ya’ni «radar»ga tushgan.

«Radar» tezlik o‘lchovchi moslama avtomatik tartibda ushbu maxsus evakuator avtomashinasi ustiga ortilgan «Matiz» rusumli 20 F814DA davlat raqam belgili avtomashinani ham suratga olib markazlashgan bazaga jo‘natgan.

Qaror ijro etishlik uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB mas’ul xodimiga kelib tushgandan so‘ng esa uni asosligini va boshqa rekvizitlari to‘g‘riligini tasdiqlash vaqtida faqatgina «Mersedes-Bens Sprint» rusumli 20 E 298 DA davlat belgili maxsus evakuator yuk mashinasi tezlikni oshirganligi sababli jarima solish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlanib, mulkdorning yashash manziliga pochta orqali jo‘natilgan, deyiladi YHXBB xabarida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: radarga, matiz, ustida, Evakuator, izoh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя