Главная » 2017 » Май » 10 » Eynshteyndan ham aqlli maktab o‘quvchisi aniqlandi
18:27

Eynshteyndan ham aqlli maktab o‘quvchisi aniqlandi


Britaniyaning Cheshir grafligida 12 yoshli maktab o‘quvchisi IQ (aqliy rivojlanish koeffisienti) sinovida ajoyib natija ko‘rsatdi. Rojgauri Pavar ismli hind qizi ushbu sinovda 162 ballni to‘pladi.

Rasman qizchaning IQ ko‘rsatkichi 160 ballga teng bo‘lgan Stiven Xoking va Albert Eynshteyndan aqlliroq ekanligi aniqlandi.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Rojgauri ko‘rsatgan natijani dunyo bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lganlar orasida bor-yo‘g‘i 20 ming odam ko‘rsatishi mumkin. 162 ball – ushbu yoshdagilarning ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan eng baland IQ ko‘rsatkichidir.

Rojgauri Pavarning rekordi haqidagi xabardan keyin unga Mensa nomli obro‘li Britaniya jamiyatiga a’zo bo‘lish taklifi tushdi. Bu jamiyatga IQ ko‘rsatkichi o‘rtadan yuqori bo‘lganlar qabul qilinadi.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: maktab o‘quvchisi, aniqlandi, HAM, Eynshteyn, Aqlli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя