Главная » 2018 » Июнь » 18 » «Ezidyor» egasiga «Versal» to‘yxonasi berilishi haqidagi xabar rad etildi
00:09

«Ezidyor» egasiga «Versal» to‘yxonasi berilishi haqidagi xabar rad etildi


2018 yil 17 iyun kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan «Ezidyor» to‘yxonasini buzish ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik.

«Tashkent city» qurilishi rejalashtirilgan hududda joylashgan «Ezidyor» va Shayxontohur ko‘chasidagi «Mumtoz» tantanalar zali buzilishi haqida avval xabar bergan edik.

Toshkent shahar hokimiyati vakilining ma’lum qilishicha, «Ezidyor» to‘yxonasi egasiga «Versal», «Mumtoz» to‘yxonasi rahbariyatiga mulklarining buzilishi tufayli Toshkent shahar hokimiyati balansida bo‘lgan «Sayohat» restorani berilishi ma’lum qilingandi.

Biz ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar binolardan foydalanish departamenti bilan bog‘landik. U yerdan ma’lum qilishlaricha, hozir «Tashkent city» quriladigan hudud atrofidagi barcha binolar o‘z egalarining roziligi olingan holda buzib tashlanmoqda.

— «Ezidyor» to‘yxonasi egasiga «Versal» to‘yxonasi berilishi haqidagi xabarlar yolg‘on. «Versal» emas, «Sayohat» restorani topshiriladi. «Mumtoz» tantanalar zali qachon buzilishi hozircha aniq emas, — deydi departament xodimi.

Shuningdek, «Ezidyor» to‘yxonasi atrofidagi buzilayotgan ob’ektlar egalariga Toshkent shahri, Taraqqiyot ko‘chasi bo‘yidan 1-1,5 gektargacha yer berilishi ham ma’lum qilindi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Versal, egasiga, berilishi, haqidagi, rad etildi, Xabar, to‘yxonasi, Ezidyor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя