Главная » 2020 » Май » 18 » Facebook'da o‘zbek tilini keskin haqorat qilgan madaniyat xodimi qamoqqa olindi
18:41

Facebook'da o‘zbek tilini keskin haqorat qilgan madaniyat xodimi qamoqqa olindi


Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘zbek tilini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagan shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda Samarqand shahar ma’muriy sudi raisi Orif Parpiyev ma’lum qildi

Ta’kidlanishicha, fuqaro Doniyor Yakubov o‘zi Toyloq tumani hokimligi madaniyat bo‘limida ishlab kelsa-da, 2020-yil 15-mayda Facyebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq fikri” nomli guruhda o‘zining profilidan o‘zbek tili va millatini kamsituvchi fikrlarni qoldirgan.

Ushbu holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida IIB xodimlari uning uyiga borgan vaqtida u IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, ularga qarshilik ham ko‘rsatgan.

Samarqand shahar ma’muriy sudida unga nisbatan to‘plangan ish 2020-yil 18-may kuni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 42, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddalari bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Facebook'da, Madaniyat, haqorat, xodimi, o‘zbek tilini, qamoqqa olindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя