Главная » 2017 » Март » 6 » Facebook “dislayk” tugmasini sinovdan o‘tkazmoqda
13:14

Facebook “dislayk” tugmasini sinovdan o‘tkazmoqda


Facebook shaxsiy xabarlarda emoji orqali “dislayk” tugmasini qo‘yish imkoniyatini joriy qildi, deb yozadi “Kommersant”. Bu haqda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ma’lum qilgan.

“Bu emoji yordamida xabarga yanada aniqroq munosabatni ifodalash imkonini beruvchi kichik sinov”, — deya kompaniya ushbu yangilikni tasdiqladi.

Facebook yangi funksiyani messenjerdagi xabarga “yo‘q” deb javob berishning qisqa usuli deya ta’riflamoqda. Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoq “dislayk” tugmasini joriy qilish bo‘yicha so‘rovlarni ancha vaqtdan buyon qabul qilib kelmoqda. Ammo kompaniya salbiy xabarlar haddan tashqari ko‘payib ketmasligi uchun bundan shu paytgacha o‘zini tiyib kelardi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Facebook, dislayk | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя