Главная » 2017 » Май » 25 » Facebook o‘z foydalanuvchilari haqida biladigan 15 ta shaxsiy narsa
19:21

Facebook o‘z foydalanuvchilari haqida biladigan 15 ta shaxsiy narsa


Tasavvur qiling dunyoning barcha odamlarini bitta katta binoga joylashtirishgan, u yerdagi tartibni esa maxsus agentlar kuzatadi va ta’minlaydi. Binoning qonunlarida agentlarning barcha harakatlari binoda yashovchilarning xavfsizligi uchun deb belgilangan. Ammo qandaydir vaqtda siz agentlar ortingizdan kuzatishayotganini bilib qolasiz: ular sizning suxbatlaringizni, harakatlaringizni va hatto qaerdaligingizni aniqlay olishadi.

AdMe.ru nashri Propublica binosini videokuzatuviga asoslanib qanchalik ijtimoiy tarmoqlar siz haqingizda bilishini bilib oldi.

Xo‘sh, Facebook nimalarni eslab qoladi:

Sizga yoqadigan barcha narsani: suratlar, yozuvlar, odamlar, video, sharhlar. Sizning barcha layk va repostlaringiz tahlil qilinadi.

Istalgan foydalanuvchi bilan barcha shaxsiy xabarlaringizni.

Sizning o‘chirilgan barcha xabarlaringizni, sharh va postlar: hatto siz ularni allaqachon o‘chirgan bo‘lsangiz ham ular doim ijtimoiy tarmoqning serverlarida saqlanadi.

Sizning ohiriga yetkazilmagan postlaringiz ham, hatto uni yozib o‘chirib tashlagan bo‘lsangiz ham. Ha, Facebook hatto siz yozib, ammo chiqarishni istamagan yozuvlaringizni ham eslab qoladi!

Siz tomondan joylangan barcha surat va videolar va hatto siz bo‘lishganlari ham.

Biror foydalanuvchi bilan do‘st bo‘lgan va do‘st bo‘lishni to‘xtatgan vaqtingiz.

Instagram va WhatsApp tarmoqlaridagi barcha harakatlaringiz, layk va xabarlaringiz (ikkisi ham Facebook’niki).

Siz tashrif buyurgan shaharlar, joylar, mamlakatlar.

Akkauntingizga kirgan barcha uskunalarni.

Sizning ma’lumotingiz va daromadingiz.

Lentadan o‘tgan barcha saytlaringiz. Sizni nima sababdan Facebook aynan sizga qiziqarli rekalamani taqdim etishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

«Podelitsya v Facebook» yoki shunchaki «Nravitsya» tugmalari mavjud har qanday sahifalarni.

Kredit kartalaringiz borligini.

Sizning siyosiy qarashlaringiz, ayniqsa sizga qarshi ishlatilishi mumkin bo‘lgan sharhlaringiz ham.

Sizning yuzingiz: sizni kimdir o‘z suratlarida belgilagan taqdirda, Facebook buni o‘z bazasiga kiritadi, va keyinchalik sizni har qanday suratda tanib oladi.

Agar yuqoridagilarni o‘qib ijtimoiy tarmoqni tark etmoqchi bo‘lsangiz, unutmang: akkauntni o‘chirib tashlash sizning ma’lumotlaringizni o‘chirmaydi. Shunday bo‘lsada Binodan butunlay ketmang. Shunchaki undan ehtiyotkorlik bilan foydalaning.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: FOYDALANUVCHI, 15 ta, biladigan, shaxsiy narsa, Facebook, haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя