Главная » 2020 » Апрель » 10 » Fakt! Koronavirus ovqatdan yuqmaydi. Chunki...
11:36

Fakt! Koronavirus ovqatdan yuqmaydi. Chunki...


Ogayo shtati universiteti xodimi Sanja Ilich koronavirusning oziq-ovqat orqali yuqishi haqidagi afsonaga oydinlik kiritdi.

Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda.

"Koronavirus oshqozon-ichak trakti kasalligi emas, COVID-19 infeksiyasi oziq-ovqat mahsulotida ko‘paymaydi", dedi olim va viruslar yuzada ko‘paymasligini, ularga faqat tirik organizm kerakligini qo‘shimcha qildi.

Biroq, u koronavirusni supermarketda yuqtirib olish mumkinligi haqida ogohlantirdi. Buning oldini olish uchun Sanja ikki metrlik ijtimoiy masofa qoidasiga rioya qilishni va vaqti-vaqti bilan qo‘llarini antiseptiklar bilan tozalashni tavsiya qildi. Sotib olingan sabzavot va mevalarni yaxshilab yuvish kerakligini ham aytib o‘tdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, yetkazib beriladigan tayyor ovqatni buyurtma qilishdan qo‘rqish kerak emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda do‘kon yoki restoranlardan etkazib berish xizmatlari orqali koronavirusning yuqishi holatlari to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя