Главная » 2018 » Апрель » 23 » Fakultet dekani pora bilan qo‘lga tushdi
21:33

Fakultet dekani pora bilan qo‘lga tushdi


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani H. A. pora olayotgan paytda qo‘lga tushdi. Bu haqda Kun.uz​ axborot manbasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, universitet O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani H. A.​ boshqa fakultetga talaba «olib kirish»ni va’da berib, 200 AQSh dollarini pora sifatida olayotganda qo‘lga tushgan. Aniqlanishicha, voqea 19 aprel kuni yuz bergan. Ayni paytda H. A.ga nisbatan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval, ayni shu oliy ta’lim muassasasida Rus filologiyasi fakulteti kafedra mudiri sifatida ishlagan Roza Mambetova ham pora bilan qo‘lga olinib, pedagogik ishlardan chetlashtirilgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qo‘lga tushdi, pora bilan, Fakultet dekani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя